Yangiliklar

Apple so‘nggi chorakda rekord darajada daromad oldi — 85 milliard dollar

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan $69 mlrddan oshgan
apple
Apple so‘nggi chorakda rekord darajada daromad oldi — 85 milliard dollar / Foto: Estadao

Apple kompaniyasi so‘nggi moliyaviy chorakda kuchli moliyaviy natijalar qayd etdi. Eng katta daromad iPhone sotuvlarida kuzatildi.

Apple hisobotiga ko‘ra, kompaniya ushbu moliyaviy chorakda $85 mlrd qiymatida iPhone sotgan, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan $69 mlrddan oshgan.

Xitoy bozorida sotuvlar keskin oshdi. Kukning aytishicha, bu o‘sish iPhone 17 modeliga bo‘lgan katta qiziqish bilan bog‘liq bo‘lib, Xitoy hududida tarixdagi eng yaxshi iPhone choragi qayd etilgan. Xitoydagi umumiy sotuvlar $18,5 mlrddan $25,5 mlrdga ko‘tarildi.

«Dekabr oyida Hindistonda beshinchi do‘konimizni ochganimizdan mamnunmiz va tez orada Mumbayda yana bir do‘kon ochish rejamiz bor», — deya ma’lum qildi kompaniya bosh direktori Tim Kuk.

Shuningdek, Apple’ning boshqa geografik hududlardagi sotuvlar o‘sdi. Masalan, Amerikada sotuvlar $52,6 mlrddan $58,5 mlrdga, Yevropada esa $33,8 mlrddan $38,1 mlrdga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple Siri’ning chat-bot versiyasini fevral oyida taqdim etishi haqida xabar bergan edik.