Avto

Ferrari Testa Rossa J bolalar avtomobili haqiqiy superkar narxiga sotildi

Yuqori narx modelning eksklyuzivligi bilan bog‘liq
Foto: Sotheby’s

Parijdagi auksionda Ferrari Testa Rossa J bolalar avtomobili Ferrari Roma kabi to‘liq o‘lchamli superkar narxida sotildi. Bu haqda RM Sotheby’s auksion uyi xabar berdi.

Foto: Sotheby’s

Uning narxi 204 ming yevro bo‘ldi. Yuqori narx modelning eksklyuzivligi bilan bog‘liq. Ferrari Testa Rossa J juda cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan va Italiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi tomonidan rasman tasdiqlangan kolleksiya buyumidir.

Foto: Sotheby’s

Model afsonaviy 1958-yilgi Ferrari 250 Testa Rossa avtomobilining aniq nusxasi bo‘lib, asl hajmining 75 foizini tashkil qiladi. Loyiha Britaniyaning bunday nusxalarga ixtisoslashgan The Little Car Company ustaxonasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu avtomobillardan atigi 299 tasi ishlab chiqarilgan.

Foto: Sotheby’s

Yuqori narx modelning eksklyuzivligi bilan bog’liq. Ferrari Testa Rossa J juda cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan va Italiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi tomonidan rasman tasdiqlangan kollektsiya buyumidir.

Foto: Sotheby’s

Yangi Ferrari Testa Rossa J narxi 93 ming yevrodan boshlandi. Dizayn va interyer, jumladan, shpalli g‘ildiraklar va charm o‘rindiqlar aniqlik bilan qayta ishlangan.

Foto: Sotheby’s

Bolalar avtomobili 16 ot kuchiga ega elektr motor bilan jihozlangan va soatiga 80 km tezlikka erisha oladi. Shassi sozlanishi mumkin bo‘lgan Bilstein amortizatorlari va disk tormozlari bilan jihozlangan.

Foto: Sotheby’s

Asl Ferrari 250 Testa Rossa brendning eng muvaffaqiyatli poyga modellaridan biri hisoblanadi. U uch marta 24 soatlik Le Man poygasida va GT Jahon chempionatida g‘olib chiqqan, 300 ot kuchiga ega va 260 km/soat maksimal tezlikka ega 3,0 litrli V12 dvigatel bilan jihozlangan.

Foto: Sotheby’s

Avvalroq «Kursiv» afsonaviy 1966-yilgi Ford GT40 MkII Qo‘shma Shtatlarda auksionga qo‘yilgani haqida yozgandi.