
Indoneziya xAI kompaniyasining Grok chat-botiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bungacha Malayziya va Filippin ham ushbu cheklovni olib tashlagan edi. Bu haqda Tech Crunch nashri ma’lum qildi.
X platformasi orqali ruxsatsiz va jinsiy mazmundagi tasvirlarini yaratishda ishlatilgani sabab Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari Grok’ni taqiqlagan edi. Tahlillariga ko‘ra, 2022-yil dekabr oxiridan 2023-yil yanvar oyigacha Grok kamida 1,8 mln jinsiy mazmundagi ayol tasvirlarini yaratgan.
Indoneziya Axborot va raqamli Ishlar vazirligi bayonotida X xizmatni yaxshilash va nojo‘ya ishlatilishini oldini olish bo‘yicha aniq choralar ko‘rsatilgan maktub yuborgani sabab taqiq olib tashlanganini ma’lum qildi. Vazirlik vakili taqiq «shartli ravishda» olib tashlanganini, yangi qonunbuzarliklar aniqlansa, qayta joriy etilishi mumkinligini bildirdi.
xAI Grok imkoniyatlarini cheklash bo‘yicha choralar ko‘rgan. Jumladan SI tasvir yaratish funksiyasini X platformasida pulli obunachilarga cheklab qo‘ydi. Ilon Mask voyaga yetmaganlarning yalang‘och tasvirlari yaratilganidan xabardor emasligini, noqonuniy kontentmeykerlar esa qonuniy javobgarlikka tortilishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta Avstraliyada yarim million akkauntni bloklagan edi.