Instagram «Close Friends» ro‘yxatidan chiqish funksiyasini sinamoqda

eʼlon qilindi
Funksiya hozircha dastlabki bosqichda
Meta o‘smirlar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirdi
Instagram «Close Friends» ro‘yxatidan chiqish funksiyasini sinamoqda / Foto: Reuters

Instagram foydalanuvchilarga o‘zlarini boshqa birovning «Close Friends» ro‘yxatidan olib tashlash imkonini beradigan yangi funksiyani ishlab chiqmoqda. Bu haqda Tech Crunch xabar berdi.

«Close Friends» funksiyasi foydalanuvchilar ichidan tanlangan shaxslar bilan shaxsiy hikoyalarni ulashish imkonini beradi. 2018-yilda ishga tushirilganidan beri foydalanuvchilar o‘zlarini boshqa birovning «Close Friends» ro‘yxatidan olib tashlay olmagan.

Ba’zi foydalanuvchilar o‘z «Close Friends» ro‘yxatidan boshqalar chiqsa ranjishi mumkin, ammo bu funksiya ma’lum kishilarning ro‘yxatida bo‘lishni istamaganlar uchun qulaylik yaratadi. Ta’kidlash joizki, Snapchat allaqachon foydalanuvchilarga o‘zlarini boshqa birovning shaxsiy hikoyasidan olib tashlash imkonini bergan.

Hozircha Instagram ushbu funksiyani ommaviy ravishda chiqarish sanasini e’lon qilmagan, biroq ichki prototip sinovlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meta ilovalari uchun yangi obuna xizmatlarini joriy etishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek