
Oppo kompaniyasi Xitoyda ikkita arzon narxli smartfon – A6v va A6i+ modellarini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Ularning boshlang‘ich narxlari mos ravishda $170 va $215 ni tashkil qiladi.

A6v modeli 6500 mAs batareyaga ega bo‘lib, 45 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfon bitta konfiguratsiyada – 8/256 GB xotira bilan taqdim etiladi. Qurilma Dimensity 6300 chipi, 50 MP asosiy kamera, Wi-Fi 5 va 6,8 dyuym HD+ ekran (120 Hz) bilan jihozlangan.

A6i+ modeli esa 7000 mAs batareya va xuddi shunday 45 Vt quvvatlash bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, u IP69 standartiga muvofiq suvdan himoyaga ega. Platforma, xotira variantlari (8/256 GB dan 12/512 GB gacha), kamera va ekran xususiyatlari A6v bilan bir xil.
Ikkala model ham AMOLED ekran bilan ta’minlanmagan, lekin katta batareya va tezkor quvvatlash imkoniyati bilan kundalik foydalanish uchun qulay.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oppo Find X9s smartfoni kuchli kamera bilan taqdim etilishi haqida yozgandi.