O‘zbekiston Chexiyadan Škoda elektr poyezdlarini olib kelishi mumkin

O‘zbekiston vakillari va Chexiya transport vazirligi rasmiylari mamlakatga «Škoda Transportation» elektr poyezdlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Dunyo xabar bermoqda.
Muzokaralar Pragada O‘zbekiston delegatsiyasi va Chexiya transport vaziri maslahatchisi Mikulash Mislbek o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Chexiya tomoni Pragada O‘zbekiston elchixonasining ochilishi iqtisodiy va transport diplomatiyasini faollashtirishda muhim qadam bo‘lganini ta’kidladi. Tomonlar, shuningdek, aviatsiya va temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishda hamkorlik qilish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Suhbat davomida nafaqat temir yo‘l, balki Omnipol va ERA kompaniyalari ishtirokida aviatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Uchrashuvda O‘rta koridor» tranzit yo‘nalishini rivojlantirish va Chexiya kompaniyalarining Markaziy Osiyo bozoriga kirish istiqbollari muhokama qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chexiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgani haqida xabar bergan edi.