
O‘zbekiston terma jamoasi Italiyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Qishki Olimpiya o‘yinlariga jami 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ malum qildi.
Saralash musobaqalari yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilar figurali uchish, tog‘ chang‘isi va short-trek yo‘nalishlarida Olimpiada talablarini bajargan edi. Italiyaga boradigan tarkibda 2004-yilda tug‘ilgan Medet Nazarov (tog‘ chang‘isi) va tajribali Danil Yeybog (short-trek) bor. Nazarov slalom va gigant-slalomda qatnashsa, Yeybog 500 metr masofada bellashadi.




Eng katta umidlardan biri bo‘lgan figurali uchish juftligi Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev musobaqani o‘tkazib yuboradi. Ular 2025-yilgi Jahon chempionati orqali litsenziya olib, yaqinda Xarbin-2025 Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lishgan edi. Dmitriy Chigirevning jiddiy jarohati startgacha tiklanishga imkon bermadi. Qishki Olimpiada o‘yinlari 2026-yilning 6–22-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fabio Kannavaro qishki Olimpiada mash’alasining estafetasida ishtirok etgani haqida xabar bergan edi.