Samsung charm qoplamali budjet smartfonini namoyish qildi

2-fevral 2026 11:57 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Samsung charm qoplamali budjet smartfonini namoyish qildi
Foto: Instagram/ techaryan2610

Samsung kompaniyasi 2-fevral kuni Galaxy F70 smartfonlar liniyasini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Shu arafada kompaniya ushbu seriyadagi modellardan biri Galaxy F70e 5G dizaynini oldindan ko‘rsatdi.

Reklama tasvirida smartfon budjet segmentiga mansubligini bildiruvchi belgilar ko‘rinadi. Jumladan, u kichik datchiklarga ega ikki kamerali asosiy blok bilan jihozlangan. Orqa panel dizayni esa charm yoki sun’iy charm ko‘rinishida ishlangan.

Foto: Sammobile

Yangi Galaxy F70 liniyasi dastlab Hindistonda taqdim etiladi. Uning global bozorga chiqishi hozircha noma’lum. Ayrim taxminlarga ko‘ra, Galaxy F70e 5G aslida Galaxy A07 5G modelining qayta nomlangan va dizayni o‘zgartirilgan talqini bo‘lishi mumkin. Bunday holda, smartfon Dimensity 6300 protsessori va HD+ aniqlikdagi ekran bilan taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 Ultra narxi kutilganidan yuqori bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, xotira narxlarining oshishi sabab Samsung Janubiy Koreyada smartfon narxini 1,8 mln von ($1,2 ming) atrofida belgilashi mumkin. Bu Galaxy S25 Ultra’ning dastlabki narxidan taxminan 6 foizga yuqori.

Shuningdek