Umid qilamanki, AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy bitim tuziladi — Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy bitimga erishishga umid qilayotganini, aks holda, dunyo Eron oliy yetakchisi Oyatolluh Ali Xomenaiyning tahdidlari rostmi yoki yo‘qligini bilib olishini aytdi. Bu haqda CNN agentligi xabar berdi.
Tramp bu fikrni Eron yetakchisining AQSh hujumi mintaqaviy urushni chaqirishi mumkinligi haqidagi qattiq so‘zlariga munosabat sifatida bildirdi.
«U bunday deyishi mumkin, albatta, demasligi uchun hech qanday sabab ham yo‘q», — dedi Tramp jurnalistlarga. Shuningdek, u dunyodagi eng katta va qudratli kemalarning Eron yaqinida joylashganini, va ikki tomon o‘rtasida bitim tuzilishiga umid qilayotganini qo‘shimcha qildi. «Agar bitim tuzmasak, demak Xomenaiy haqiqatni aytgan yoki yo‘qligini bilib olamiz», — dedi u.
Tramp 31-yanvar kuni Eron bilan «jiddiy muloqot» olib borilayotganini aytgan, ammo Eron rejimiga qarshi harbiy zarba amalga oshirilishi mumkinligi haqida yakuniy qaror qabul qilganini ma’lum qilmagan.
Eron yetakchisi Xomenaiy 1-fevral kuni Tehronda to‘planganlarga murojaat qilib, Eron hech bir davlatga hujum qilish niyatida emasligini, lekin uni hujum qilinsa, qat’iy javob qaytarishini ta’kidladi.
Vaziyat fonida AQSh USS Abraham Linkoln tashuvchisi guruhini Hind okeaniga yuborib, Eronni nishonga olishi mumkin bo‘lgan harbiy operatsiyalarga tayyorlikni oshirdi. Shuningdek, Vashington va Tehron o‘rtasidagi dastlabki muzokaralar Eronning yadroviy dasturi va ballistik raketa ishlab chiqarishini cheklash bo‘yicha oldinga siljishsiz yakunlangani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron riali iqtisodiy inqiroz va namoyishlar fonida rekord darajada qadrsizlangani haqida xabar bergan edik.