Yangi flagmanlar orasida Samsung Galaxy S26 Ultra’ning qo‘li baland keldi

2-fevral 2026 21:21 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Yangi flagmanlar orasida Samsung Galaxy S26 Ultra’ning qo‘li baland keldi
Foto: Ice Universe

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy S26 oilasini chiqarish strategiyasini tubdan o‘zgartirdi. Ice Universe ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi ishlab chiqarish partiyasining 73,5 foizi ya’ni 4,9 mln qurilmadan 3,6 mln donasi Galaxy S26 Ultra modeliga ajratildi.

Shu bilan birga, Galaxy S26 va S26 Plus mos ravishda 700 va 600 ming dona ishlab chiqariladi. Oldingi avlodlarda Ultra modeli o‘rtacha 50 foiz hajmni tashkil qilgan.

Bunday keskin nisbat Samsung’ning kichik modellarga bo‘lgan talab pastligini kutayotgani bilan izohlanadi. Galaxy S26 Ultra yangi avlod Flex Magic Pixel OLED texnologiyasi va Privacy Display funksiyasi bilan ajralib turadi. Sun’iy intellekt yordamida ekran burchaklaridan qarashni cheklab, faqat egasiga to‘liq ko‘rinish beradi.

Shuningdek, Ultra modeli Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi bilan ta’minlanadi, S26 va S26 Plus esa Exynos 2600 platformasida ishlaydi (hamma bozorlarda bo‘lmasligi mumkin).

Galaxy S26 oilasining rasmiy taqdimoti 25-fevralda, sotuvlar esa 11-martdan boshlanishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 seriasining narxi e’lon qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek