2026-yil uchun eng yaxshi elektromobillar aniqlandi

3-fevral 2026 12:26 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Hyundai Ioniq 6 N / Foto: Kolesa.kz

Elektromobillar bozori so‘nggi yillarda keskin kengaydi va endi Tesla yagona sifatli tanlov emas. Consumer Reports mutaxassislari bozorni keng tahlil qilib, 2026-yilda xarid qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi elektromobillarni toifalar bo‘yicha saralab chiqdi. Quyida har bir segment bo‘yicha tavsiya etilgan modellar keltiriladi.

Sedanlar

Tesla Yevropada arzon Model 3’ni taqdim etdi
TeslaModel 3 / Foto: Tesla

Consumer Reports sedanlar segmentida ikki modelni alohida ajratib ko‘rsatdi. Hyundai Ioniq 6 qulay boshqaruv va sokin yurishi bilan ajralib turadi. Biroq uning yukxonasi kichik bo‘lgani sababli yuk tashish imkoniyati cheklangan. Tesla Model 3 esa tezkor tezlanish va tez zaryadlanishi bilan ustun. Shu bilan birga, burilish ko‘rsatkichlarini boshqarish noqulayligi hamda CarPlay va Android Auto yo‘qligi kamchilik sifatida qayd etilgan.

Premium sedanlar

bmw
Foto: BMW

Premium toifada BMW i4 va i5 modellari dizayni bilan e’tiborni tortadi. Ammo orqa o‘rindiqlar torroq va multimedia interfeysi ayrim foydalanuvchilar uchun murakkab hisoblanadi. Bu segmentdagi Porsche Taycan esa yangilanishdan so‘ng yurish masofasini oshirgan, biroq orqa qatordagi joy hanuz kichikligicha qolmoqda.

Ommaviy segment krossoverlari

Chevrolet Equinox EV / Foto: GM Authority

Bu segmentda Ford Mustang Mach-E sportona dizayni va yaxshi boshqaruvchanligi bilan ajralib turadi. U faol haydashni yoqtiradigan haydovchilar uchun mos. Chevrolet Equinox EV esa nisbatan arzonligi bilan ajralib chiqdi. Model Super Cruise yordamchi tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, murakkab yo‘l sharoitlarida ham xavfsizlikni ta’minlaydi.

Premium krossoverlar

BMW iX3 / Foto: BMW

Premium SUVlar orasida Lexus RZ qulay narxi va klassik tashqi ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Ammo yurish masofasi qisqaroq. BMW iX esa hashamatli salon va zamonaviy dizaynni taklif qiladi, biroq yuqori narxi sabab hamma uchun ham qulay emas.

Pikaplar

Foto: Ford

Pikaplar toifasida Consumer Reports faqat bitta modelni tavsiya qildi. Ford F-150 Lightning silliq yurish va yaxshilangan batareya resursiga ega. Shu bilan birga, tormoz tizimi va multimedia qulayligi bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan.

Consumer Reports tahliliga ko‘ra, 2026-yilda elektromobillar bozori turli sinf va ehtiyojlarga mos modellar bilan boy. Har bir avtomobil o‘z afzallik va kamchiliklariga ega bo‘lib, xaridor tanlovi haydash uslubi va byudjetga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy 2027-yildan elektromobillarda yashirin eshik tutqichlarini taqiqlagandi. Mazkur qaror bir qator og‘ir avtohalokatlardan so‘ng qabul qilindi. Xususan, Xitoyda Xiaomi kompaniyasiga tegishli ikkita elektromobil ishtirokidagi yong‘inli YTHlarda elektr ta’minoti uzilib, eshiklar ochilmagani sabab odamlar avtomobildan chiqib keta olmagan bo‘lishi mumkinligi aytilgan. 

Shuningdek