2026-yilning yanvar oyidagi eng kuchli Android smartfonlari e’lon qilindi

AnTuTu 2026-yil yanvar oyidagi eng kuchli smartfonlar reytingini e’lon qildi. Reyting yuqori ishlash ko‘rsatkichlariga ega qurilmalarni namoyish etadi.

Birinchi o‘rinni Red Magic 11 Pro+ egalladi. Ushbu flagman tekis ekran va kombinatsiyalangan sovutish tizimi — ventilyator va suyuq sovutish bilan jihozlangan bo‘lib, Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorining maksimal quvvatini ta’minlaydi.

Ikkinchi o‘rinni Vivo X300 Pro egalladi, u SoC Dimensity 9500 chipi bilan jihozlangan. Reyting shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘ri sovutish tizimi orqali Dimensity 9500 ishlashi Snapdragon 8 Elite Gen 5 bilan raqobat qila oladi. Uchinchi o‘rinni Realme GT8 Pro band etdi.

Reytingda, shuningdek, iQOO 15 (4-o‘rin), Magic8 Pro, Win va bazaviy Magic8 kabi uchta Honor modeli, OnePlus 15, Redmi K90 Pro Max va Vivo X300 modellari ham kuchli o‘ntalikdan joy oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq RedMagic 11 Air smartfoni xalqaro bozorga chiqarilgani haqida xabar bergan edik.