
4-fevral kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida yomg‘ir yoki tuman kuzatilishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor, deya prognoz qilmoqda «O‘zgidromet» agentligi.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik shakli |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 16-18° iliq | 5-7° iliq | Yo‘q |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 8-13° iliq | 0-5° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman bo‘lishi mumkin |
| Xorazm viloyati | 8-13° iliq | 0-5° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman bo‘lishi mumkin |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 15-20° iliq | 5-10° iliq | Ba’zi joylarda yomg‘ir |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 13-18° iliq | 4-9° iliq | Yo‘q, ba’zi joylarda tuman bo‘lishi mumkin |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 17-22° iliq | 7-12° iliq | Faqat Qashqadaryoda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir, tuman bo‘lishi mumkin |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 10-15° iliq | 0-5° iliq | Yo‘q, tuman bo‘lishi mumkin |
| Respublikaning tog‘li hududlari | 3-8° iliq | 2-7° sovuq | Yo‘q, ba’zi joylarda tuman, qor ko‘chishi xavfi mavjud |