Yangiliklar

4-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

3-fevral kuni 17,01 so‘mga oshib, 12 242,17 so‘mni tashkil etgan edi
Foto: Depositphotos

4-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 16,21 so‘mga oshib, 12 258, 38 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi

Grafik: SI

26-yanvarda 51,97 so‘mga tushib, 12 084,95 so‘mni tashkil etdi. 27-yanvar esa dollar 13,17 so‘mga tushib, 12 098,12 so‘mga yetdi. 28-yanvarda 29,90 so‘mga oshib, 12 128,02 so‘mni tashkil etgan edi. 29-yanvarda dollar 40,96 so‘mga oshib, 12 168,98 so‘mni, 30-yanvarda esa 32,13 so‘mga oshib, 12 199,10 so‘mni  tashkil etdi. 2-fevral kuni dollar 26,06 so‘mga oshib, 12 225,16 so‘mga yetgandi. 3-fevral kuni 17,01 so‘mga oshib, 12 242,17 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 37,28 so‘mga pasayib, 14 522,89 so‘mni, rubl 2,11 so‘mga oshib, 159,90 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.