Asli Toshkentda tug‘ilgan AQSh elchisi Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi

eʼlon qilindi
2026-yilning 3 – 7-fevral kunlari
Asli Toshkentda tug‘ilgan AQSh elchisi Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi / Foto: President.uz

AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchisi Serjio Gor 3 – 7-fevral kunlari Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda AQSh davlat departamenti ma’lum qildi.

Bishkekdagi tashrif davomida elchi «B5+1» biznes forumida ishtirok etib, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston (C5) hamda AQShdan kelgan yuqori darajadagi biznes rahbarlari va siyosatchilar bilan muloqot qiladi. Muzokaralarda u biznes hamjamiyatining AQSh – Markaziy Osiyo hamkorligini rivojlantirishdagi muhim rolini ta’kidlashga e’tibor qaratadi.

Shuningdek, Bishkek va Toshkentda Gor yuqori martabali amaldorlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qiladi. AQSh Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda mintaqada barqarorlik va farovonlikni rag‘batlantiruvchi innovatsion hamkorliklarni rivojlantirishga sodiq ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Serjio Gor (asl ismi Sergey Goroxovskiy) 1986-yil 30 noyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Amerikalik ishbilarmon va siyosiy arbob AQSh prezidenti Kadrlar boshqarmasiga rahbarlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh hukumati qisman faoliyatini to‘xtatgan edi.

Shuningdek