Avto

Chevrolet Bolt avtomobilining samardorligi e’lon qilindi

Yonilg‘i ekvivalenti bo‘yicha ham Bolt kuchli natijalarni ko‘rsatgan
Chevrolet Bolt avtomobilining samardorligi e’lon qilindi
Foto: GMAutority

Kanadada 2027-yilga mo‘ljallangan Chevrolet Bolt elektromobilining rasmiy energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari chop etildi. Bu haqda GMAutority xabar bermoqda.

Kanadaning Natural Resources Canada tashkiloti bahosiga ko‘ra, 2027-yilgi Bolt aralash siklda 17,5 kVt/soat/100 km energiya sarflaydi. Shahar sharoitida bu ko‘rsatkich 15,6 kVt/soat/100 km, trassada esa 19,8 kVt/soat/100 km ni tashkil etadi. Rasmiy yurish masofasi 422 km etib belgilangan. Bu avvalgi Bolt EV va Bolt EUV modellari bilan solishtirganda biroz yaxshiroq natija hisoblanadi.

Foto: GMAutority

Yonilg‘i ekvivalenti bo‘yicha ham Bolt kuchli natijalarni ko‘rsatdi. Aralash siklda ko‘rsatkich 118 MPGe ga teng. Shahar rejimida 131 MPGe, trassada esa 107 MPGe qayd etilgan. Bu ko‘rsatkichlar arzon elektromobillar segmentida juda raqobatbardosh hisoblanadi.

Chevrolet kompaniyasi Bolt’ni yana kundalik foydalanish uchun qulay va tejamkor elektromobil sifatida joylashtirmoqda. Avvalroq kompaniya Bolt’ning qaytishini yirik va qimmat elektromobillarga muqobil sifatida taqdim etgan edi. Kanadada e’lon qilingan raqamlar ushbu yondashuv o‘zgarmaganini ko‘rsatadi.

Foto: GMAutority

Samaradorlik jadvali:

Ko‘rsatkichKanada standartiAQSh o‘lchoviga aylantirilgan
Shahar sarfi15,6 kVt/soat/100 km25 kVt/soat/100 mil
Trassa sarfi19,8 kVt/soat/100 km32 kVt/soat/100 mil
Aralash sarf17,5 kVt/soat/100 km28 kVt/soat/100 mil
Shahar ekvivalenti1,8 Le/100 km131 MPGe
Trassa ekvivalenti2,2 Le/100 km107 MPGe
Aralash ekvivalenti2,0 Le/100 km118 MPGe
Yurish masofasi422 km262 mil
Foto: GMAutority

Boshqa ommabop elektromobillar bilan taqqoslaganda, 2027-yilgi Bolt energiya sarfi bo‘yicha o‘z o‘rnini mustahkam saqlab turibdi. U 2023-yilgi Bolt EV bilan bir xil darajada tejamkor, shuningdek ayrim Nissan Leaf va Chevrolet Equinox EV versiyalaridan ham kamroq energiya sarflaydi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangilangan Damas test-drayv qilingani haqida yozgan edi.