Dunyoda va Markaziy Osiyoda qaysi mamlakat aholisi juda aqlli

eʼlon qilindi
Testda 1,2 mln kishi qatnashgan
Xarita: International IQ Test

International IQ Test 2026-yilning boshiga qadar xalqaro IQ reestri ma’lumotlari asosida shakllantirilgan mamlakatlar aholisining o‘rtacha intellekt koeffitsiyenti (IQ) bo‘yicha har yili yangilanib boradigan reyting natijalarini e’lon qildi.

Reyting 137 mamlakat va hududlardan 1,2 million kishi orasida o‘tkazilgan test natijalariga asoslangan. Barcha respondentlar o‘zlarining intellektual qobiliyatlarini baholash uchun bir xil vazifalarni bajargan.

Reytingda Janubiy Koreya aholisi o‘rtacha 106,97 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi, undan keyin Xitoy aholisi 106,48 ball bilan va Yaponiya aholisi 106,3 ball bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Kuchli beshlikka shuningdek, Eron (104,8 ball) va Avstraliya (104,45 ball) aholisi ham kiradi.

Rossiyaliklar 103,78 ball bilan oltinchi o‘rinni egalladi, undan keyin Singapur (103,56 ball) va Mo‘g‘uliston (102,61 ball) aholisi. Kuchli o‘nlikni yangi zelandiyaliklar (102,35 ball) va vetnamliklar (102,26 ball) yakunlab berdi.

Qo’shma Shtatlar aholisi 101,04 ball bilan 18-o‘rinni egalladi. Bir nechta Afrika mamlakatlari aholisi eng past IQ ko‘rsatkichlariga ega bo‘ldi, Somali esa ro‘yxatning eng pastki qismida joylashgan.

O‘zbekiston eng aqlli davlatlar reytingida 96,51 ball bilan 75-o‘rinda bo‘lsa, qo‘shni Qozog‘iston 80-o‘rinda qayd etilgan (95,92 ball). Qirg‘iziston 94,48 ball olib 93-o‘rinda, Tojikiston 93,39 ball bilan 101-o‘rinda keltirilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Janubiy Koreyada eng ko‘p talabaga ega uchta davlatdan biri bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek