
O‘zbekistonda xorijdagi qurolli mojarolarda ishtirok etishni targ‘ib qilish uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu boradagi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda ma’qullandi.
Bundan tashqari, hukumat tomonidan boshqa davlat hududida urushda qatnashishga chaqiruvchi mahsulotlarni sotish yoki namoyish qilish uchun ham ma’muriy jazo joriy etiadi.
Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur hujjat jamiyatda xavfsizlikni oshirish, yangi huquqbuzarliklarning oldini olish va aholiga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etishni tezlashtirishga qaratilgan qonunni qabul qilgan edi.