Iroq O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Biznes muloqotda viza tizimini soddalashtirish masalasi muhokama qilindi
Foto: uzairways.online

Iroq poytaxtida bo‘lib o‘tgan biznes muloqotda O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni ochish va viza tartibini yengillashtirish ustida ish olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Iroq iqtisodiyot konsulligi tomonidan tashkil etilgan norasmiy formatdagi uchrashuvda ikki davlatning rasmiy vakillari hamda yetakchi ishbilarmonlari ishtirok etdi. Tadbir Baghdad International Fair ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilib, eksportyorlar uchun muhim hamkorlik platformasiga aylandi.

Foto: president.uz

Muzokaralar davomida asosiy e’tibor transport logistikasi va turistlar hamda tadbirkorlar uchun qulaylik yaratishga qaratildi. Xususan, Iroq tomoni viza olish jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlanganini qayd etgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi esa o‘zaro savdo aylanmasini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan viloyatlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek