Avto

Lada Vesta CNG savdoga chiqdi

Model 3-fevraldan rasman sotuvga chiqarilgan
Lada Vesta CNG savdoga chiqdi
Foto: RCI News

Rossiyada AvtoVAZ tomonidan ishlab chiqarilgan Lada Vesta CNG avtomobilining savdo uchun mo‘ljallangan versiyasi jonli suratlarda namoyish etildi. Model 3-fevraldan rasman sotuvga chiqarilgan.

Benzin va gazda ishlaydigan sedan siqilgan tabiiy gaz metan bilan harakatlana oladi. Avtomobil gazda 320 km gacha, umumiy hisobda esa 1 000 km masofani yoqilg‘i quymasdan bosib o‘ta oladi.

Foto: RCI News

Biroq bunday imkoniyatlar evaziga amaliylikdan voz kechilgan. Sig‘imi 90 litr bo‘lgan gaz balloni bagaj qismiga o‘rnatilgan. U zapas g‘ildirak joyiga emas, bevosita yukxona ichiga joylashtirilgani sababli foydali hajm sezilarli darajada qisqargan.

Lada Vesta CNG narxi davlat qo‘llovi bilan $19 mingdan boshlanadi. Avtomobil allaqachon dilerlarda sotuvda mavjud.

Foto: RCI News

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Lada Iskra va Lada Aura global sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.