
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida futzal bo‘yicha Osiyo kubogi—2026 musobaqasining chorak final bahslari start oladi. Dastlabki o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi qit’a yetakchisi Eron termasiga qarshi bahs olib boradi.
Uchrashuv oldidan O‘zbekiston terma jamoasi uchun ajratilgan kiyinish xonasi shay holatga keltirilgan bo‘lib, futzalchilar maydonga ko‘k rangli liboslarda chiqadilar. Tarixiy statistikaga ko‘ra, ikki jamoa rasmiy musobaqalar doirasida 14 marotaba to‘qnash kelgan va barcha o‘yinlarda eronliklarning qo‘li baland kelgan.

So‘nggi yirik to‘qnashuv 2024-yilgi Osiyo kubogi yarim finalida kuzatilgan bo‘lib, unda o‘yin 3:3 hisobida yakunlangan va Eron penaltilar seriyasida (5:4) g‘alaba qozongandi. Eron futzal bo‘yicha Osiyo qit’asining mutloq yetakchisi hisoblanadi. Forslar hisobida 13 ta Osiyo chempionligi, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali mavjud bo‘lib, ular qit’a birinchiligini hali hech qachon medalsiz tark etmagan.
Ayni paytda Eron terma jamoasi jahon reytingida 5-o‘rinni egallab turibdi. Mamlakat ichki chempionatida 50 ga yaqin professional klub faoliyat yuritadi, bu esa Eronda ushbu sport turi yuqori darajada rivojlanganini ko‘rsatadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan futzal bo‘yicha Osiyo kubogida O‘zbekiston Avstraliya ustidan irodali g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.