O‘zbekiston tezyurar poyezdlar xavfsizligi bo‘yicha Ispaniya bilan kelishuvga erishdi

eʼlon qilindi
10 yil muddatga
O‘zbekiston tezyurar poyezdlar xavfsizligi bo‘yicha Ispaniya bilan kelishuvga erishdi / Foto: Ochiq manba

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Ispaniyaning «Talgo» kompaniyasi bilan 10 yillik kelishuvga erishdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Mazkur kelishuv respublikadagi mavjud oltita «Talgo-250» rusumli poyezd parkiga texnik xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi. «International Railway Journal» nashrining yozishicha, shartnomaning qiymati taxminan 80 mln yevroni tashkil etadi.

O‘zbekistonda «Talgo-250» poyezdlari 1520 mm kenglikdagi temir yo‘l izlarida soatiga 230 kilometr tezlikda harakat qilmoqda. Poyezdlar soatiga 275 kilometrgacha tezlikka ega va «Talgo» kompaniyasining passiv qiyalik texnologiyasi bilan jihozlangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va «Talgo» o‘rtasidagi hamkorlik 2009-yilda boshlangan bo‘lib, dastlabki ikkita poyezd 2011-yilda foydalanishga topshirilgan. Keyinchalik, 2017 va 2021-yillarda yangi poyezdlar yetkazib berilgan. Hozirgi kunda oltita «Talgo-250» poyezdi 11 ta vagondan iborat tarkibda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1-fevraldan «Afrosiyob» poyezdlari chiptalari 15 foizga qimmatlashdi.

Shuningdek