Yangiliklar

O‘zbekistonda ta’lim bozori bir yilda 10,4 foizga o‘sdi

Hududlar kesimida ta’lim xizmatlari hajmi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda
Foto: Navoiy viloyati
statistika boshqarmasi

O‘zbekistonda 2025-yil davomida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 39,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2024-yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 10,4 foizga ko‘pdir. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Hududlar kesimida ta’lim xizmatlari hajmi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda 18,8 trln so‘m. Bu umumiy hajmining salmoqli qismini tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Samarqand (3,1 trln so‘m), Farg‘ona va Namangan viloyatlari (har biri 2,4 trln so‘m) bormoqda.

Nisbatan pastroq ko‘rsatkichlar Sirdaryo (390,3 mlrd so‘m), Navoiy (501,4 mlrd so‘m) va Jizzax viloyatlarida (604,2 mlrd so‘m) qayd etilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa bu raqam 1,2 trln so‘mni tashkil qildi. Toshkent viloyati (2,2 trln so‘m), Andijon va Buxoro viloyatlari (har biri 1,9 trln so‘m) ham yuqori natijalarni ko‘rsatgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim yetakchi bo‘lib qolayotgani haqida xabar bergan edi.