O‘zbekistonda OTMlarning milliy reytingi yangi tartibda yuritilishi rejalashtirilmoqda

eʼlon qilindi
OTM
Reytingda tashkil etilganiga kamida uch yil bo‘lgan va bitiruvchilarga ega oliy ta’lim tashkilotlari ishtirok etadi
Reyting
Foto: Story.nbki

Oliy ta’lim tashkilotlari milliy reytingini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi. Hujjatga ko‘ra, milliy reyting 2026-yil 1-yanvardan boshlab joriy etiladi.

Yangi tizimda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tashkil etilganiga kamida uch yil bo‘lgan va bitiruvchilarga ega oliy ta’lim tashkilotlari ishtirok etadi. Bunda oliy harbiy, harbiylashtirilgan, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari reytingdan mustasno qilinadi.

Milliy reyting oliy ta’lim tashkilotlari kontingenti va yo‘nalishiga qarab toifalarga ajratilgan holda yuritiladi. Ular ijtimoiy-gumanitar fanlar, amaliy fanlar, tibbiyot fanlari hamda ijod va sport yo‘nalishlari bo‘yicha baholanadi.

Nizom loyihasiga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlari reyting uchun zarur ma’lumotlarni har yili maxsus platformaga 1-fevralga qadar kiritishi lozim bo‘ladi. Reyting natijalari esa har yili 31-oktabrga qadar e’lon qilinadi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistondagi to‘rtta oliygoh xalqaro reytingdan joy olgani haqida yozgandi.

Shuningdek