
3-fevral kuni soat 15:38 da O‘zbekistonda zilzila yuz berdi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, zilzilaning magnitudasi 3,7, chuqurligi 10 km bo‘lgan. Yer silkinishining episentri Jizzax viloyatining Baxmal tumani hududida, Toshkentdan 230 km janubi-g‘arbda joylashgan.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, zilzila Samarqand viloyatining Bulung‘ur (2-3 ball, 23 km), Toyloq (2 ball, 36 km), Urgut (2 ball, 44 km), Jomboy tumanlarida (2 ball, 45 km), shuningdek, Jizzax viloyatining Baxmal (2-3 ball, 26 km) hamda G‘allaorol tumanlarida (2 ball, 48 km) qayd etilgan. Zilzila koordinatalari: 39,62 daraja shimoliy kenglik, 67,56 sharqiy uzunlik.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezilgandi.