Yangiliklar

O‘zbekistonlik milliarder Bloomberg reytingida 405-o‘rinni egalladi

U Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi (UGMK) asoschisi
Foto: Dmitriy Duxanin, Kommersant

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan tadbirkor Iskandar Mahmudov Bloomberg Billionaires Index reytingida 405-o‘rinni egalladi. Uning boyligi $9,04 mlrdga baholanmoqda.

Iskandar Mahmudov Rossiyadagi mis va ko‘mir ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalardan biri Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi asoschisi hisoblanadi. 2023-yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya daromadi $3,2 mlrdni tashkil etgan.

Shuningdek, tadbirkor temiryo‘l texnikasi ishlab chiqaruvchi «Transmashxolding» va neft sohasida faoliyat yurituvchi «Transoyl» logistika kompaniyasida ham ulushlarga ega.

Yil boshidan buyon Mahmudov boyligi $1,17 mlrdga oshgan. Biroq so‘nggi savdo kunida uning boyligi $292 mlnga kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Usmonovning boyligi 2025-yilda $19,3 milliardga yetgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Usmonovning boyligi o‘tgan yilga nisbatan $6 mlrdga oshgan.