Samsung Galaxy A56 100 yevroga arzonladi

3-fevral 2026 12:18 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy A56 100 yevroga arzonladi
Foto: Androidinsider

Buyuk Britaniyada Samsung Galaxy A56 uchun chegirmalar e’lon qilindi. Bu haqda Sammobile xabar bermoqda. Xaridorlar 100 yevrogacha pul tejashi mumkin.

Chegirmalar 17-fevralgacha amal qiladi. Ushbu sanagacha Galaxy A56 ni xarid qilgan foydalanuvchilar Samsung’ning maxsus portalida murojaat qilib, pulni qaytarib olish imkoniga ega bo‘ladi. Taklif tafsilotlari Samsung rasmiy do‘konida e’lon qilingan.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniyada Galaxy A56 xaridorlari uchun trade-in dasturi ham amal qiladi. Samsung hatto singan yoki yorilgan qurilmalarni ham qabul qilishini bildirgan. Qaytarib beriladigan summa holatiga qarab 30 yevrodan 244 yevrogacha yetishi mumkin. Shu orqali umumiy tejash miqdori 100 yevrodan ancha yuqori bo‘lishi ehtimoli bor.

Aksiya doirasida foydalanuvchilar Samsung soatlari va quloqchinlari uchun an’anaviy 10 foizlik chegirmadan ham foydalanishlari mumkin. Shuningdek, Samsung Care+ xizmatining ilk uch oyi bepul taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 narxlari oshirilmasligi haqida yozgan edi.

Shuningdek