Gadjetlar

Samsung Galaxy Z Fold8 modelining birinchi partiyasi Galaxy S26’dan ko‘proq sotilishi kutilmoqda

Birinchi partiyasini 3,5 million dona ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda
Foto: Samsung

Samsung Galaxy Z Fold8’ning birinchi partiyasini 3,5 million dona, Galaxy Z Flip8’ni esa 2,5-3 million dona ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Koreyaning ET News nashri xabar berdi.

Bu ahamiyatli voqea, chunki ilgari «vertikal» Flip modellari har doim ko‘proq ishlab chiqarilgan. Qiziq tomoni shundaki, Galaxy S26 va Galaxy S26 Plus modellari birinchi partiyada ancha kam miqdorda – mos ravishda 700 va 600 ming dona bo‘ladi.

Tahlilchilar fikricha, Samsung buni Galaxy Z Fold7 muvaffaqiyatiga asoslagan: katta foldable smartfon birinchi marta kompakt Flip modelidan ko‘proq sotilgan. Bu esa kompaniyaning katta ekranli, premium narxli smartfonlarga bo‘lgan ishonchini ko‘rsatadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 seriasining narxi e’lon qilingani haqida yozgandi.