
3-fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yo‘l-patrul xizmatiga tegishli Tracker yonib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
IIBga ko‘ra, soat 13:40 da Shahrisabz shahar hududida Tracker rusumli 70/809VSF davlat raqam belgili avtomashinaning dvigatel qismidan yong‘in kelib chiqqan va qisqa muddatda bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.
Hozirda mas’ullar tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilayotgani, holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi ta’kidlangan.
Avvalroq «Kursiv» Janubiy Koreyada o‘tkazilgan rejalangan test-drayv vaqtida yangilangan Hyundai Santa Fe prototipi birdaniga yonib ketgani haqida yozgandi.