Avto

Shahrisabzda Yo‘l-patrul xizmatiga tegishli Tracker yonib ketdi — video

Hodisada hech kim jarohatlanmagan
Foto: videodan tasvir

3-fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yo‘l-patrul xizmatiga tegishli Tracker yonib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

IIBga ko‘ra, soat 13:40 da Shahrisabz shahar hududida Tracker rusumli 70/809VSF davlat raqam belgili avtomashinaning dvigatel qismidan yong‘in kelib chiqqan va qisqa muddatda bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/02/video_2026-02-03_14-42-04.mp4
Video: ijtimoiy tarmoqlar

Hozirda mas’ullar tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilayotgani, holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi ta’kidlangan.

Avvalroq «Kursiv» Janubiy Koreyada o‘tkazilgan rejalangan test-drayv vaqtida yangilangan Hyundai Santa Fe prototipi birdaniga yonib ketgani haqida yozgandi.