Gadjetlar

Tecno Spark 50 arzon smartfonining texnik xususiyatlari oshkor qilindi

Aniq narxi hali ma’lum emas
Tecno Spark 50 arzon smartfonining texnik xususiyatlari oshkor qilindi / Foto: The Techoutlook

Arzon narxdagi Tecno Spark 50 smartfoni regulyatorlar bazasida paydo bo‘ldi va uning asosiy texnik xususiyatlari ma’lum qilindi. Bu haqda The Techoutlook xabar berdi.

Unga ko‘ra, smartfon ikki turdagi akkumulyator bilan ta’minlanadi — 5990 va 6340 mA/s. Bu esa turli bozorlarga mo‘ljallangan ikki versiya mavjudligini ko‘rsatadi.

Xotira bo‘yicha bazaviy variant 4/128 GB, shuningdek, 6/128 va 8/256 GB variantlari ham taqdim etiladi. Hozircha smartfon narxi ma’lum emas, lekin uning narxi arzon bo‘lishini ushbu xotira variantlari orqali bilish mumkin.

Ma’lumot uchun, oldingi model Tecno Spark 40 mintaqaga qarab Helio G81 yoki G91 protsessori bilan jihozlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 220 dollarlik Tecno Pova Curve 2 5G budjet smartfoni taqdimotga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edik.