
Tesla kompaniyasi AQShda eng ko‘p sotiladigan Model Y SUVning yangi AWD (all-wheel drive) variantini taqdim etdi. Yangi modelning narxi $41,9 ming, deya xabar bermoqda Reuters.
Bu yangilik Tesla kompaniyasining oktabr oyida chiqarilgan arzonroq «Standard» Model Y va Model 3 sedanlaridan so‘ng e’lon qilindi. Ushbu versiyalar avvalgi bazaviy modellardan taxminan $5 ming arzonroq bo‘lib, Tesla 2026-yil strategiyasining muhim qismi hisoblanadi. Maqsad – yangi ommaviy bozor avtomobilini kutmasdan, ko‘proq xaridorlarni jalb qilish.

Shuningdek, kompaniya bosh direktori Ilon Mask Tesla Model S va Model X sedanlarini ishlab chiqarishni to‘xtatib, Kaliforniyadagi zavodda joyni gumanoid robotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla robotlar va avtonom transportga 20 milliard dollar sarflashi haqida yozgan edik.