Toshkentda Isroil gemmologiya markazining filiali ochildi

eʼlon qilindi
Isroildagi elchixona ko‘magi bilan
Toshkentda Isroil gemmologiya markazining filiali ochildi / Foto: Gem-center

Toshkentda zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar va olmoslarni sertifikatlashga ixtisoslashtirilgan «GCI Gemological Centers Uzbekistan» gemmologiya markazi tashkil etildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Markaz Isroildagi elchixonaning ko‘magi bilan 2025-yil avgust oyida Tel-Avivda «GCI Gemological Centers Ltd.» va O‘zbekistonning «Expert One» MCHJ o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etildi. Bosh ofisi Tel-Avivda joylashgan kompaniya qimmatbaho toshlarni ekspertizadan o‘tkazish, baholash va sertifikatlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi hamda gemmologiya sohasida mutaxassislar tayyorlaydi.

Foto: «Dunyo» AA

Toshkent filialining ochilish marosimida Isroil elchisi Gideon Lustig, «New Uzbekistan» O‘zbekiston – Isroil savdo-investitsiya uyi prezidenti Nargiza Qodirova va kompaniya vakillari ishtirok etdi. Markaz gemologik tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro «GCI» sertifikatlarini berish va sanoat mutaxassislari uchun ta’lim dasturlarini amalga oshiradi. Shu bilan u Markaziy Osiyodagi birinchi va dunyodagi uchinchi filialga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya «Gustave Roussy» brendi ostida Toshkentda onkologiya markazi ochishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek