Yangiliklar

Tramp ma’muriyati 75 mamlakat fuqarolariga viza berishni to‘xtatgani uchun sudga tortildi

Da’voda AQSh Davlat departamenti va uning rahbari Marko Rubio javobgar sifatida ko‘rsatilgan
AQSh muhojirlarga ishlash uchun ruxsat muddatini qisqartirdi
Foto: QaziLaw

AQShdagi inson huquqlari tashkilotlari Donald Tramp ma’muriyatini 75 mamlakat fuqarolari uchun immigratsion vizalar berishni to‘xtatish orqali immigratsiya qonunchiligini buzishga urinishda ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Da’voda AQSh Davlat departamenti va uning rahbari Marko Rubio javobgar sifatida ko‘rsatilgan. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar rasmiylarni muhojirlar AQShda davlat hisobidan yashashga intiladi, degan asossiz gumonlar va yolg‘on bayonotlar bilan siyosat yuritayotganlikda ayblamoqda.

Da’vo mualliflarining ta’kidlashicha, viza so‘rab murojaat etganlarning katta qismi amalda davlatdan moliyaviy yordam olish imkoniyatiga ega emas. Shunga qaramay, Tramp ma’muriyati bu qaror orqali o‘n yilliklar davomida shakllangan immigratsiya tizimini izdan chiqarishga urinmoqda.

Davlat departamenti esa vizani huquq emas, balki imtiyoz deb atab, cheklovlar tekshiruv tartiblarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish maqsadida joriy etilganini bildirdi. Rasmiylarga ko‘ra, qaror AQSh zimmasiga davlat yukiga aylanishi mumkin bo‘lgan muhojirlar oqimini cheklashga qaratilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri asli Toshkentda tug‘ilgan AQSh elchisi Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida yozgandi.