
Xiaomi kompaniyasi 28-fevralda xalqaro bozorlarda Xiaomi 17 Ultra Leica Edition smartfonini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.
Xiaomi 17 Ultra Leica Edition ikki rangli klassik dizayni va orqa panelida Leica brendining qizil belgilari bilan ajralib turadi. Qurilmada Master Zoom Ring halqasi mavjud bo‘lib, u kameraning mexanik zumini taqlid qiladi va ekspozitsiya, oq rang muvozanati hamda boshqa parametrlarni sozlash imkonini beradi.
Shuningdek, smartfonda Leica Moment eksklyuziv rejimi mavjud bo‘lib, kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, u mashhur Leica kameralarining xarakterli teksturasini qayta yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poco X8 Pro va Poco X8 Pro Max qanday texnik xususiyatlarga ega ekanligi haqida xabar bergan edik.