
Xiaomi kompaniyasi Xiaomi 17 Ultra flagmanini global bozorga chiqarishga tayyorlanmoqda. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, smartfon Yevropa bozorida avvalgi avlod narxida sotuvga chiqadi.
Ma’lum bo‘lishicha, qurilma 1500 yevrodan taklif etiladi. Xiaomi 15 Ultra ham aynan shu narxda sotuvni boshlagan edi.
Xiaomi 17 modeli ham qimmatlashmagan. U Yevropada 1000 yevrodan taklif etiladi. Bu qaror xotira narxlari oshganiga qaramay qabul qilingan.

Xitoy bozorida Xiaomi 17 Ultra narxi ancha past. Yevropada asosiy xotira konfiguratsiyasi bo‘lmaydi. 12/512 GB versiya taklif etilmaydi. Faqat 16/512 GB varianti sotiladi. Xitoyda ushbu model narxi $1,06 mingni tashkil etadi.
Yevropa bozori uchun batareya sig‘imi yana qisqartirilgan. Xitoyda Xiaomi 17 Ultra 6800 mA/soatli akkumulyator bilan taqdim qilingan. Yevropa versiyasi esa atigi 6000 mA/soatli batareyaga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi Turbo 5 Max taqdim etilgani haqida yozgan edi.