Zeekr 9X’ga boshqa motor-reduktor o‘rnatilmoqda

3-fevral 2026 15:46 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Zeekr 9X’ning arzon nusxasi ishlab chiqarildi / Foto: Zeekr

Zeekr brendining flagman modeli Zeekr 9X (premium gibrid krossover) savdoga chiqqan ilk davridayoq texnik nosozliklar bilan yuzlashdi. Autonews’ga ko‘ra, mutaxassislar va avtomobil egalari orqa motor-reduktor ishdan chiqayotganini qayd etgan.

Asosiy sabab zavoddagi konstruktiv xato bo‘lib, reduktor korpusi uchun tanlangan alyuminiy-magniy qotishmasi sovuq havoda harorat farqiga bardosh bera olmaydi. Natijada metall ichida bosim paydo bo‘lib, yoriqlar yuzaga keladi.

Nosozlikning ilk belgisi avtomobil ostida pushti yoki qizil rangli transmissiya suyuqligi izlari paydo bo‘lishi. Agar bunga vaqtida e’tibor berilmasa, moy yetishmovchiligi sabab reduktor butunlay ishdan chiqadi va uni tiklab bo‘lmaydi.

Muammo qanchalik keng tarqalgan

Servis markazlari ma’lumotiga ko‘ra, ilk partiyadagi 2 mingga yaqin Zeekr 9X ushbu muammoga duch kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi kamchilikni tan olib, 2026-yil yanvaridan boshlab kuchaytirilgan, devorlari qalinroq va boshqa qotishmadan tayyorlangan reduktor o‘rnatilayotganini ma’lum qildi.

Mutaxassislar Zeekr 9X xaridorlariga avtomobil ishlab chiqarilgan sanani diqqat bilan tekshirishni va diler bilan qo‘shimcha sug‘urta shartlarini muhokama qilishni tavsiya qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zeekr 009’ga yangi raqobatchi paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek