Yangiliklar

Dollar ketma-ket yettinchi kun ko‘tarildi: 5-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

4-fevral kuni dollar 16,21 so‘mga oshib, 12 258, 38 so‘mni tashkil etgan edi
dollar
Foto: Live Richer / Unsplash

5-fevral uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 7,39 so‘mga oshib, 12 265,77 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

29-yanvarda dollar 40,96 so‘mga oshib, 12 168,98 so‘mni, 30-yanvarda esa 32,13 so‘mga oshib, 12 199,10 so‘mni  tashkil etdi. 2-fevral kuni dollar 26,06 so‘mga oshib, 12 225,16 so‘mga yetgandi. 3-fevral kuni 17,01 so‘mga oshib, 12 242,17 so‘mni, 4-fevral kuni esa 16,21 so‘mga oshib, 12 258, 38 so‘mni tashkil etdi.

Grafik:

Grafik: SI

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 36,93 so‘mga oshib, 14 492,01 so‘mni, rubl 0,42 so‘mga pasayib, 159,07 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edil.