
General Motors (GM) 2025–2026-yilgi Chevrolet Tracker modellarida aniqlangan yonilg‘i forsunka oqimi bilan bog‘liq muammo uchun yangilangan texnik yechimni taqdim etdi. Bu haqda GM Authority xabar bermoqda. Kompaniya avvalgi servis yangilanishini bekor qilib, soddaroq ta’mirlash tartibini joriy qilgan.
Yangi Service Update A252528630 raqami bilan ro‘yxatga olingan. U hozirda dilerlar omborida turgan ayrim 2025–2026-yilgi Chevrolet Tracker avtomobillariga tatbiq etiladi. Yanvar oyida chiqarilgan hujjatga ko‘ra, muammoni bartaraf etish uchun endi faqat dvigatel boshqaruv bloki dasturini yangilash kifoya.

GM ma’lumotiga ko‘ra, ayrim harakatlanish sharoitlarida yonilg‘i forsunka oqimining farqlanishi dvigatelga yonilg‘i uzatilishini to‘liq optimallashtira olmagan. Avval ehtiyot qismlarni almashtirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, endi barcha muammo ECM’ni qayta dasturlash orqali hal qilinadi. Buning uchun hech qanday ehtiyot qism talab qilinmaydi.
7-fevral 2026-yildan boshlab ushbu nosozlik uchun yagona rasmiy yechim sifatida aynan ECM dasturiy yangilanishi tasdiqlangan. Agar forsunka ushbu yangilanishdan oldin buyurtma qilingan yoki o‘rnatilgan bo‘lsa, alohida tartibda almashtirish jarayoni saqlanib qoladi.

Servis yangilanishi 31-yanvar 2027-yilgacha amal qiladi. Ta’mirlashdan oldin dilerlar avtomobil ushbu dasturga mos kelishini maxsus tizim orqali tekshirishi shart. GM, shuningdek, muammodan ta’sirlangan barcha avtomobillar ta’mirlanmaguncha sotilishi yoki topshirilishiga ruxsat berilmasligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Damas test-drayv qilingani haqida yozgan edi.