Yangiliklar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi shaxsiy ma’lumotlar tarqalishi bo‘yicha rasmiy izoh berdi

Agentlik holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib bormoqda
Xitoylik xakerlar Tayvanning yirik chip kompaniyalariga hujum qildi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi shaxsiy ma’lumotlar tarqalishi bo‘yicha rasmiy izoh berdi / Foto: Unite

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari tarqaldi. Xabarlar yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy bayonot berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim axborot saytlarida e’lon qilingan ma’lumotlar holatning haqiqiy mazmuniga mos kelmaydi. Hozirda vaziyatni aniqlash maqsadida belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Agentlik tomonidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot belgilangan tartibda jamoatchilikka taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiberxavfsizlik markazi kiberhujum yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotgani haqida xabar bergan edik.