Ilon Mask tarixda boyligi 800 milliard dollardan oshgan ilk odamga aylandi

eʼlon qilindi
Uning boyligi rekord darajadagi kompensatsiya paketini o‘z ichiga olmaydi
Ilon Mask
Foto: Vm.ru

Forbes jurnalining xabar berishicha, amerikalik tadbirkor va SpaceX asoschisi Ilon Mask boyligi $800 milliarddan oshgan tarixdagi birinchi shaxsga aylandi.

Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, SpaceX xAI’ni sotib olganidan so‘ng, Maskning sof boyligi $852 milliardga yetgan. SpaceX biznesmenning eng qimmatli aktivi bo‘lib qolmoqda.

Mask shuningdek, Tesla aksiyalarining taxminan 12 foiziga, qiymati $178 milliardga va elektromobil ishlab chiqaruvchining yana $124 milliardga teng aksiya opsionlariga egalik qiladi.

Biroq uning hozirgi sof boyligi noyabr oyida Tesla aksiyadorlari tomonidan tasdiqlangan rekord darajadagi kompensatsiya paketini o‘z ichiga olmaydi. Uning shartlariga ko‘ra, agar Tesla’ning bozor kapitallashuvi keyingi o‘n yil ichida sakkiz baravardan ko‘proq o‘ssa, Mask soliqqa tortilgunga qadar qo‘shimcha $1 trilliongacha aksiyalar olishi mumkin.

O‘tgan yilning 19-dekabr kuni Maskning boyligi birinchi marta $749 milliardga yetgandi, 16-dekabr kuni uning sof boyligi $684,3 milliardni tashkil etdi. U tarixda birinchi bo‘lib $500 milliardlik sof boylikka 2-oktabr kuni ega bo‘lgandi.

Avvalroq «Kursiv» Ilon Mask kosmosga chiqish xarajatlarini 100 baravar kamaytirmoqchiligi haqida yozgandi.

Shuningdek