Nissan savdo belgisini qayta ro‘yxatdan o‘tkazdi

4-fevral 2026 09:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Nissan

Nissan kompaniyasi Rossiyada savdo belgisini qayta ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda «Tarantas news» nashri ma’lum qildi.

Hujjatlarga ko‘ra, ariza 2025-yil iyunda topshirilgan. «Rospatent» tashkiloti 2026-yil fevralda «Infiniti» savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilgan.

Qarordan so‘ng Nissan Rossiyada avtomobillar bilan birga bolalar aravachalari, skuterlar, shuningdek, vertolyotlar va yetkazib beruvchi robotlar savdosi bilan ham shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Nissan 2022-yil oktabrda Rossiyadagi barcha aktivlarini, jumladan Sankt-Peterburgdagi zavodni NAMÍ’ga sotgan edi. Shu bilan birga, kompaniya aktivlarni 6 yil ichida qayta sotib olish huquqini saqlab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Lada Iskra va Lada Aura global sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek