Nvidia OpenAI’ga $20 milliard investitsiya qilishi mumkin

eʼlon qilindi
OpenAI so‘nggi moliyalashtirish raundida $100 milliardgacha mablag‘ yig‘moqchi
Nvidia OpenAI’ga $100 milliard investitsiya kiritadi
Foto: Nvidia Newsroom

Nvidia OpenAI’ga taxminan $20 milliard investitsiya kiritish bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda, deya xabar berdi Reuters.

OpenAI esa so‘nggi moliyalashtirish raundida $100 milliardgacha mablag‘ yig‘moqchi va kompaniya qiymati taxminan $830 milliardga baholanmoqda.

Amazon va SoftBank kabi kompaniyalar ham OpenAI bilan yaqin hamkorlik o‘rnatishga intilmoqda, chunki sun’iy intellekt sohasida raqobatda ustunlik qozonishni maqsad qilgan.
Nvidia va OpenAI o‘rtasidagi kelishuv hali yakuniy emas.

Nvidia oldin $100 milliardlik investitsiya va ma’lumot markazlari chiplarini yetkazib berish rejasini to‘xtatgan edi. Shuningdek, OpenAI so‘nggi Nvidia chiplaridan to‘liq qoniqmagan va boshqa variantlarni qidirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amazon OpenAI loyihasiga $50 milliard ajratmoqchiligi haqida xabar berilgandi. Manbalarning ta’kidlashicha, muzokaralar ayni damda dastlabki bosqichda va yakuniy raqamlar hali to‘liq tasdiqlanmagan.

Shuningdek