Yangiliklar

O‘zbekiston C-390 Millennium rusumli transport samolyotlarini xarid qiladi

Aynan nechta sotib olishi ma’lum emas
C-390 Millennium
O‘zbekiston C-390 Millennium rusumli transport samolyotlarini xarid qiladi / Foto: Embraer

O‘zbekiston Braziliyaning Embraer aviakompaniyasi ishlab chiqargan C-390 Millennium rusumli transport samolyotlaridan partiya sotib oladi. Biroq kompaniya Toshkent nechta samolyot xarid qilishini oshkor etmadi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda ushbu turdagi samolyotni qurollanishga qabul qilgan birinchi davlat bo‘ladi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent C-390 Millennium samolyotlaridan harbiy va gumanitar yuklarni tashish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.

Embraer Defense & Security bosh direktori Bosko da Kosta Junior bitimni sharhlar ekan, Markaziy Osiyodagi yetakchi harbiy-havo kuchlarining ushbu tanlovni amalga oshirganidan faxrlanishini bildirib, kompaniya samolyotlarning uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlash uchun yaqin hamkorlik qilishini ta’kidladi.

Embraer presents KC-390 Millennium demonstrator aircraft with new visual identity

Shuningdek, u jurnalistlarga kompaniya birinchi partiyani joriy yilning o‘zida O‘zbekistonga yetkazib berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

C-390 Millennium yuk tashish (26 tonnagacha), desant tushirish, tibbiy evakuatsiya hamda qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun mo‘ljallangan. KC-390 modeli havo orqali boshqa samolyotlarga yonilg‘i quyish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, hozirda C-390 Millennium Braziliya, Portugaliya, Vengriya hamda Yevropa va Osiyoning boshqa davlatlari qurolli kuchlari tarkibida xizmat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air shaffof tomli Airbus A321neo samolyotini parvozga qo‘yishi haqida xabar bergan edik.