O‘zbekistonda 2025-yilda salkam 20 ming nafar egizak dunyoga keldi

eʼlon qilindi
O‘tgan yili mamlakatda jami 879 mingta tirik tug‘ilish holati qayd etildi
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil davomida respublika bo‘yicha jami 879 mingta tirik tug‘ilish holati FHDYO organlarida qayd etildi. Umumiy ko‘rsatkichlar ichida 20 mingga yaqin holatda oilalarda egizak farzandlar dunyoga kelgan.

Tug‘ilishlarning chaqaloqlar soni bo‘yicha taqsimlanishiga ko‘ra, o‘tgan yili 859 ming nafar bir nafar tug‘ilganlar hisobiga to‘g‘ri keldi. 2 nafar egizak tug‘ilganlar soni 19,9 ming nafarni, 3 nafar va undan ortiq tug‘ilganlar esa 558 nafarni tashkil etgan.

Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

Taqqoslash uchun, 2024-yilning yanvar-noyabr oylarida respublikada jami 858 mingta tug‘ilish qayd etilgan edi. O‘sha davrda egizaklar (2 nafar) soni 18,9 mingtani, 3 nafar va undan ortiq tug‘ilganlar esa 499 tani tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida noyob hodisa kuzatilgan, poytaxtlik ayol 4 nafar egizak (2 o‘g‘il, 2 qiz) farzandni dunyoga keltirgan edi. Chaqaloqlarga Muhammad, Mustafo, Sumaya va Safiya ismlari qo‘yilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi yilning ilk kuni O‘zbekistonda 894 nafar qiz bola tug‘ilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek