Gadjetlar

Samsung Galaxy Buds 4 simsiz quloqchinlari 25-fevral kuni taqdim qilinadi

Buds 4 qora rangda, Buds 4 Pro esa oq rangda taqdim etiladi
Foto: Samsung

Samsung yaqinda chiqarilishi kutilayotgan yangi Galaxy Buds 4 va Buds 4 Pro simsiz quloqchinlari rasmiy tasvirlari e’lon qilindi. Bu haqda Sammobile nashri xabar berdi.

Dizayn va ranglar

Jumladan, Buds 4 qora rangda, Buds 4 Pro esa oq rangda taqdim etiladi. Ikkala model uchun ham shaffof qopqoqli case mavjud bo‘lib, u quloqchinlarni qulay va ixcham saqlash imkonini beradi. Case’larning shakli to‘rtburchak bo‘lib, quloqchinlarga mustahkam yopishadi va tashish uchun qulay.

Quloqchinlarning o‘zida esa dizayn yangilangan: naushniklarning oyoq qismi yupqa va tekis qilib ishlangan, Buds 4 Pro avvalgi avlodlardagi Blade Lights yorug‘lik tizimidan voz kechgan. Oldingi modellarda kuzatilgan texnik muammolar, jumladan, zaryad olishdagi muammolar va rangning noaniqligi ham bartaraf etilgan. Shuningdek, yangi quloqchinlarda avvalgilarga nisbatan yaxshilangan ovoz sifati kutilmoqda.

Foto: Android Headlines

Samsung yangi Buds 4 va Buds 4 Pro’ni 25-fevralda Unpacked tadbirida namoyish qiladi. Shu tadbirda, shuningdek, Galaxy S26 seriyasining yangi smartfonlari ham taqdim etiladi. Hozircha boshqa yirik e’lonlar kutilmayapti.

Yangilangan quloqchinlarning rasmiy renderlari orqali Buds 4 va Buds 4 Pro’ning dizayni, shakli va rang variantlari to‘liq ko‘rinib turibdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 seriyasining narxi e’lon qilingani haqida yozgandi.