TCL K70 va K70 Power smartfonlarining texnik xususiyatlari ma’lum qilindi

4-fevral 2026 10:49 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
TCL K70 va K70 Power smartfonlarining texnik xususiyatlar ma’lum qilindi / Foto: TLC

TCL kompaniyasi yangi K70 va K70 Power smartfonlarini taqdim etdi. Bu haqda GSM Arena ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi modellarda Helio G100 chipi ishlatilgan bo‘lib, ular hozircha faqat Tailand bozorida mavjud.

K70 Power modeli 5G tarmog‘ini qo‘llamaydi, HD+ ekran, 4 GB operativ xotira va 256 GB ichki xotiraga ega. Qurilma 6,8 dyuymli ekran bilan jihozlangan bo‘lib, 120 Hz tezlikni qo‘llab-quvvatlaydi. Akkumulyatori 6500 mA/soat quvvatga ega va 33 vatt quvvat bilan zaryadlanadi.

Shuningdek, smartfon IP64 darajasida namlikdan himoyalangan va Bluetooth 6.0 ni qo‘llab-quvvatlaydi. K70 modeli ham asosan xuddi shunday xususiyatlarga ega, faqat akkumulyatori 5200 mA/soat quvvat bilan jihozlangan. K70 modeli 135 yevroga, K70 Power esa 175 yevroga taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oppo Find X10 Pro smartfoni qanday kamera bilan taqdim etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek