Yangiliklar

Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi qanchaga oshdi

Bir kunda foydalanish soni o‘rtacha 785,6 mingni tashkil qildi
Toshkent metrosida yo‘lovchilar oqimi qanchaga oshdi
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

2025-yilda Toshkent metropoliteni orqali jami 286,8 million yo‘lovchi (umumiy qatnovlar nazarda tutilmoqda) tashildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 6,1 foizga oshgan.

Shu davrda metrodan bir kunda foydalanish soni o‘rtacha 785,6 mingni tashkil qilgan. Xususan, 2020-yildagi 38,8 milliondan 2025-yilda 286,8 millionga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yerusti metro liniyasi ostida avtomobilga suvoq bo‘lagi tushgani yuzasidan metropoliten izoh bergandi. Unga ko‘ra, hodisa «Yerusti halqa» yo‘nalishining Qo‘yliq va Yangiobod bekatlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Metro harakati davomida yuzaga keladigan tabiiy tebranishlar ta’sirida metro yo‘lining yuqori qismidagi fasad suvoq qatlamidan kichik bo‘lak ajralib tushib, metro liniyasi ostida to‘xtab turgan avtomobilga yengil zarar yetkazgan.