Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi boshlanadi

eʼlon qilindi
Chipta narxi 1,2 mln so‘mni tashkil etadi
Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi boshlanadi / Foto: Surxandaryo viloyati hokimligi

Toshkent va Sankt-Peterburg o‘rtasida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

2026-yil 23-fevraldan «Uzautotrans service» korxonasi Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni boshlaydi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar haftasiga ikki marotaba, dushanba va juma kunlari harakat qiladi.

Birinchi qatnov 23-fevral kuni soat 17:00 da Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi. Chipta narxi 1,2 mln so‘mni tashkil etadi. Yo‘l davomida oraliq to‘xtash Moskva shahri «Novoyasenevskaya» avtovokzalida amalga oshiriladi.

Toshkentga qaytish qatnovi ham haftaning dushanba va juma kunlari, Sankt-Peterburg avtovokzalidan mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fly One Asia Yekaterinburgdan Toshkentga aviareyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edik.

Shuningdek