Gadjetlar

Vivo X300 Ultra flagmani texnik xususiyatlari ma’lum qilindi

Debayan Royga tayanib
Vivo X300 Ultra flagmani texnik xususiyatlari ma’lum qilindi / Foto: Vivo

Vivo X300 Ultra flagmani kuchli texnik imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Taniqli insayder X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qurilmaning asosiy xususiyatlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, yangi model Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipiga asoslanadi va 6,82 dyuymli 2K o‘lchamli tekis ekran bilan ta’minlanadi.

Asosiy kamera 200 megapikselli sensorga ega bo‘ladi. Shuningdek, telefoto kamera ham 200 megapiksel bilan ishlaydi. Qurilmada 50 megapikselli ultra keng burchakli kamera va ranglarni yaxshilash uchun 5 megapikselli qo‘shimcha sensor mavjud bo‘ladi.

Vivo X300 Ultra 7000 mAh quvvatga ega batareya va 100 vatt tezkor zaryadlash imkoniyati bilan jihozlanadi. Qurilmada, shuningdek, IP69 himoya darajasi va USB-C 3.2 porti mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo V70 va V70 Elite modellarining barcha texnik xususiyatlari ma’lum bo‘lgan edi.